Raqamli malakaoshirish va kasb platformasi
← Katalogga qaytish
Axborot xavfsizligiOnlaynO'zbek

Axborot xavfsizligi va kibergigiyena asoslari

Oliy ta'lim pedagoglari va xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi: shaxsiy va xizmat ma'lumotlarini himoya qilish, raqamli tahdidlarni aniqlash va xavfsiz raqamli xulq-atvor.

Egallanadigan ko‘nikmalar

  • Xavfli fayllarni kengaytma, manba va ogohlantirish belgilari asosida ajratish
  • Soxta xabar, havola, veb-sayt va QR-kodni tekshirish mezonlari orqali baholash
  • Mustahkam parol va ko'p bosqichli tasdiqlash (MFA) usullarini sozlash
  • Kompyuter va telefonda ekran qulfi, yangilanishlar, ilova ruxsatlari va zaxiralashni tekshirish
  • O'quvchilar ma'lumotlari va hujjatlarni bulutli yoki SI xizmatlariga joylashda xavfni baholash
  • Xavfsizlik hodisasini qayd etish va mas'ullarga belgilangan tartibda xabar berish

Kutilayotgan natijalar

Kursning maqsadi — tinglovchilarda shaxsiy va xizmat ma'lumotlarini himoya qilish, raqamli tahdidlarni aniqlash, internet va mobil qurilmalardan xavfsiz foydalanish hamda axborot xavfsizligi hodisalariga to'g'ri munosabat bildirish kompetensiyalarini rivojlantirish. Blok yakunidagi amaliy topshiriqlarni bajargan va yakuniy testdan o'tgan tinglovchilarga elektron sertifikat beriladi.

O‘quv dasturi

1-modul. Axborot xavfsizligi asoslari va raqamli tahdidlar8 soat · 6 dars

Axborot xavfsizligi tamoyillari, zararli dasturlar va xavfli fayllarni tanish

Matnli material: Kurs bilan tanishish: o'quv dasturi va qo'llanmaVideodars: 1-mavzu. Axborot xavfsizligi asoslari: shaxsiy va xizmat ma'lumotlarini himoya qilishVideodars: 2-mavzu. Zararli dasturlar: viruslar, troyanlar va to'lov talab qiluvchi dasturlarVideodars: 3-mavzu. Fayl turlari, kengaytmalari va xavfli fayllarni aniqlashAmaliy topshiriq: 4-mavzu. 1-amaliy mashg'ulot: xavfli fayllarni aniqlash va 1-blok yakuniTest: 1-blok testi
2-modul. Internet va mobil qurilmalarda aldovlardan himoyalanish8 soat · 5 dars

Fishing, shubhali havolalar, QR-kodlar va mobil firibgarlikni aniqlash

Videodars: 5-mavzu. Ijtimoiy injeneriya va fishing: elektron xat, messenjer va soxta xabarlarVideodars: 6-mavzu. Shubhali havolalar, soxta veb-saytlar va QR-kodlarni aniqlashVideodars: 7-mavzu. Telefon, SMS va mobil ilovalar xavfsizligiAmaliy topshiriq: 8-mavzu. 2-amaliy mashg'ulot: fishing xabarlarini tahlil qilish va 2-blok yakuniTest: 2-blok testi
3-modul. Ish joyida xavfsizlik va qonunchilik8 soat · 5 dars

Hisoblar, qurilmalar va pedagogik faoliyatdagi ma'lumotlarni himoyalash, insident haqida xabar berish

Videodars: 9-mavzu. Parollar, ko'p bosqichli autentifikatsiya va hisoblarni himoyalashVideodars: 10-mavzu. Kompyuter va mobil qurilmalar xavfsizligi: ekran qulfi, yangilanishlar va himoyalangan foydalanishVideodars: 11-mavzu. Pedagog faoliyatida ma'lumotlarni himoyalashAmaliy topshiriq: 12-mavzu. 3-amaliy mashg'ulot: xavfsizlik vaziyatlarini tahlil qilish, insident haqida xabar berish va yakuniy baholashTest: 3-blok testi
4-modul. Yakuniy nazorat0 soat · 2 dars

Kurs bo'yicha olingan bilim va ko'nikmalarni baholash

Matnli material: Muhokama savollariTest: Yakuniy test

Kirish talablari

Kompyuter (Windows 10/11) va Microsoft Word bilan ishlash ko'nikmasi. Maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.